22:47 Yakshanba 01 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida maktab bitiruvchilari institutimizda mehmon bo‘lishdi

21.05.2025
99

21-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida To‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tadbir doirasida Yakkasaroy tumanidagi 144-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchilari institutga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar institutimizdagi zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy laboratoriyalar, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi majlisi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli topshiriqlari hamda institut rektorining 2025-yil 17-maydagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?