15:19 Shanba 17 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi!

17.05.2025
15

Bugun Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Ijodkor yoshlar”, “Yosh sportchilar”, “Yosh dasturchilar”, “Yosh kitobxonlar” klublari hamda “Chevar qizlar” to‘garagi a’zolarining eng sara ishlari namoyish etilgan respublika ko‘rgazma-taqdimoti tashkil etildi.

Tadbirni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov ochib berdi. U to‘garaklarning talaba-yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ijodkorlik va iste’dodlarini yuzaga chiqarishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Ko‘rgazmada butun respublika bo‘ylab faol yoshlar ishtirok etdi. Xiyobonda ijodiy ishlar bilan bir qatorda sport o‘yinlari, karaoke dasturi ham tashkil etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchi oliy ta’lim muassasalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?