“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” ilmiy maqolalar tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Avval xabar qilinganidek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar o‘rtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanloviga start berilgan edi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida o‘tgan haftada ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkazildi. Topshirilgan ilmiy maqolalar Hay’at a’zolari tomonidan o‘rganilib, bugun – 2-dekabr kuni g‘olib talabalar e’tirof qilindi:
1-o‘rin – Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs, 13-23guruh talabasi Qadamboyev Temurbek Sanjarbek o‘g‘li;
2-o‘rin – Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs, 13r-24guruh talabasi Kabilova Milana Olegovna;
3-o‘rin – Iqtisodiyot fakulteti 3-kurs, 13a-22guruh talabasi Ma’rufjonov Elbek Oybek o‘g‘li.