“Oybek – navoiyshunos olim” – Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir
17-aprel kuni Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti tashabbusi bilan atoqli adib Oybek haykali poyida unutilmas ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida:
Iqtidorli talabalar tomonidan adibga bag‘ishlab she’rlar ijro etildi;
Oybekning hayoti, adabiy merosi va uy muzeyi haqida boy ma’lumotlar taqdim etildi;
Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi ommaviy sport tadbiri ham tashkil etildi.