00:42 Seshanba 30 Sentyabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Adiblar hiyobonida Oybek tavalludining 120 yilligi keng nishonlandi

24.09.2025
66

Adiblar hiyobonida atoqli yozuvchi, olim va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek (1905–1968) tavalludining 120 yilligi keng nishonlandi. Tadbir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari Oybekning sermazmun hayoti hamda ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritdilar. Ishtirokchilar buyuk adibning o‘zbek adabiyoti va ma’naviyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning milliy va jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shuningdek, Oybek tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlab nashr etilgan yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda adibning hayoti va ijodiga oid qimmatli ma’lumotlar, ilmiy maqolalar hamda zamondoshlarining esdaliklari jamlangan. Taqdimot yakunida mehmonlarga ushbu kitob sovg‘a qilindi.

Tadbir davomida Oybekning she’rlari, nasriy asarlaridan parchalar ham o‘qildi. Talabalar va adabiyot ixlosmandlari adib ijodidan ilhomlanib, o‘z fikrlarini baham ko‘rdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?