Ozarbayjon bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik yo‘lida yana bir muhim qadam!
2025-yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalari hamda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti nomidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I. Bulanov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V. Lyamkina qatnashdi.
Muloqot davomida tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashishdi.
Yaqin kunlarda hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda — bu esa oliy ta’limdagi xalqaro aloqalarni mustahkamlash sari qo‘yilgan yana bir muhim qadamlardan biridir.