Ozarbayjon davlat iqtisod universiteti (UNEC) DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Ozarbayjon davlat iqtisod universiteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi o’tkazildi.
Ozarbayjon davlat iqtisod universiteti (UNEC) prorektori Sh.Askerov boshchilik qilgan delegatsiya tarkibida universitet Umumiy bo‘lim direktori M.Novruzova, UNEC Biznes maktabi direktor o‘rinbosari D.Mustafayeva, Muhandislik fakulteti dekani E.Samedov hamda “Biznes boshqaruvi” kafedrasi mudiri S.Mammadova ishtirok etdi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan uchrashuvda birinchi prorektor B.Nasimov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina, iqtisodiyot fakulteti dekani M.Xudoyqulov hamda “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri S.Yuldashev qatnashdilar.
9-dekabr kuni bo’lib o’tgan muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi. Xususan, akademik salohiyatni rivojlantirish istiqbollari, qo‘shma ilmiy – tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xalqaro va institutsional reytinglarni oshirish, akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish hamda o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Tashrif yakunida UNEC delegatsiyasi institutning laboratoriya jihozlari hamda moddiy-texnik bazasi bilan tanishtirildi.