13:09 Chorshanba 26 Noyabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi

25.11.2025
42

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” munosabati bilan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantiramiz” shiori ostidagi sport musobaqalari bo’lib o’tdi.

Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etdilar.

Joriy yil 25-noyabr kuni ushbu musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan jamoa va individual g‘oliblar institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov hamda institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Abdujabbor Xushbakov tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimida sportning inson salomatligi, jamoaviylik, do‘stlik va faol hayot tarzi targ‘ibotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, jamoa bo‘lib harakat qilish, sog‘lom muhit yaratish va xodimlar o‘rtasida sportni ommalashtirish institutning ustuvor maqsadlaridan biri ekanligi qayd etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?