“O‘zbekiston kelajagi savodxon yoshlar qo‘lida” shiori ostida “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkaziladi
“Ommaviy diktant” aksiyasi – aholi, ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga nisbatan hurmat hissini kuchaytirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash hamda o‘zbek
tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy-ta’limiy aksiya hisoblanadi.
Mazkur aksiyada imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish istagida bo‘lgan barcha talabalar ishtirok etishdi.