OʻZBEKISTON-ITALIYA REKTORLARI IKKINCHI FORUMI DOIRASIDA UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA
“Italiya va Oʻzbekiston oʻrtasida innovatsiyalar hamda akademik hamkorlik: bugungi holat va kelajak istiqbollari” mavzusida oʻtayotgan anjumanda ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, Italiya davlat va xususiy universitetlari assotsiatsiyasi (CRUI) hamda yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari qatorida Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
19-fevral kuni Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Italiyaning nufuzli taʼlim muassasalaridan biri — Marangoni instituti bosh menejeri Stefaniya Valenti xonim bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ishtirok etdi.
Muloqot chogʻida tomonlar moda va dizayn, sanʼat va vizual kommunikatsiya, ijodiy tadbirkorlik hamda brendlarni boshqarish sohalarida taʼlim boʻyicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.