Parij Xalqaro moda akademiyasi Prezidenti Kristin Volter Bonini o‘rtasida navbatdagi hamkorlik shartnomasi imzolandi
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi arafasida Parij xalqaro moda akademiyasi va O‘zbekiston Oliy taʼlim Vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan. 2019 yildan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij Xalqaro moda akademiyasi Qo‘shma fakulteti o‘z faoliyatini olib bormoqda. Fakultetda mashg‘ulotlar Parij moda akademiyasining yetakchi mutaxassislari va Fransiyada amaliyot o‘tagan o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Fakultetda o‘qish davomida talabalar Parijda amaliy mashg‘ulotlar va amaliyot o‘tash ham ko‘zda tutilgan.
Shu kungacha Fakultet bitiruvchilari bitiruv malaka ishlarini yuqori saviyada himoya qilib, taniqli brend egalari Louis Vuitton, Chanel, Balmain tomondan yuqori baholandilar.