07:33 Juma 19 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

PAYSHANBA – “HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI”

18.12.2025
21

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, tinchlik – osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida har haftaning payshanba kuni profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Davlatimiz rahbarining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va norkajinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida” Formoni ijrosi asosida inistitutda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasini oldini olish, isteʼmol qilish borasida profilaktik tadbir bo’lib o’tdi.

18-dekabr kuni o’tkazilgan targ‘ibot tadbirida O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimi Saidazim Rasulov ishtirok etib, yoshlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar misollar orqali tushintirib o’tdi. Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan giyohvandlik va psixotrop moddalarining salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?