“Maʼrifat ulashib” loyihasi tashkil etildi
Bugun, 11-dekabr kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Maʼrifat ulashib” loyihasi oʻtkazilmoqda. Loyiha doirasida bilan institutimizning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov, professor Jabbor Eshonqulov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Tohir Qahhor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xondamir Qodiriylar Oʻrta Chirchiq tumanidagi 24 hamda 23-sonli maktab oʻquvchilari bilan uchrashdi.
Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda adabiyotshunoslar ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yoʻllari, ijod, sheʼriyat haqida batafsil fikr bildirishdi.
Tadbir yakunida birinchi prorektorimiz tomonidan oʻquvchilarga institutning esdalik sovgʻalarini topshirdi.