Prorektor yotoqxonada yashovchi talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Bugun institutimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov yotoqxonada yashayotgan talabalar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari, muammolari va takliflari tinglandi. Baxtiyor Nasimov yoshlarning fikr-mulohazalarini diqqat bilan eshitib, mavjud masalalarni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratdi.
Bunday muloqotlar — talabalar hayotini yanada yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda institut rahbariyati bilan yaqin aloqani ta’minlashga xizmat qiladi.