“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA MA’RIFIY-TARG‘IBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, diniy savodxonlikni oshirish hamda turli zararli g‘oyalarning oldini olishga qaratilgan ma’rifiy-targ‘ibot tadbirlari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Shu maqsadda 1-aprel kuni institutda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida sog‘lom ma'naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni ekstremistik va radikal oqimlardan asrash, diniy bilimlarni to‘g‘ri manbalardan olish, ijtimoiy tarmoqlardagi turli xatarlar hamda ularning oldini olish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Mutaxassislar tomonidan yoshlarni tanqidiy fikrlashga undash, ma’rifat orqali jaholatga qarshi kurashish zarurligi alohida ta’kidlandi.