“QALQON” JAMOATCHILIK GURUHI FAOLIYATI KENGAYTIRILADI
Talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda yoshlarning faolligini oshirish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashkil etilgan.
Mazkur guruh institutda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, talabalar o‘rtasida tartib-intizomni mustahkamlash, sog‘lom hayot tarzi va vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish borasida muhim rol o‘ynab kelmoqda.
Bugungi kunga qadar “Qalqon” guruhida 30 ga yaqin faol yosh qatnashib kelgan bo‘lsa, talabalarning taklifi va ehtiyojlardan kelib chiqib, uning tarkibi yanada kengaytirilmoqda. Endilikda institutning har bir ta’lim guruhidan 1 nafardan talaba ushbu jamoatchilik guruhi safiga jalb etiladi.
10-dekabr kuni shu masalada institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov tomonidan o’tkazilgan yig’ilishda guruh a’zolariga talabalar o‘rtasida mas’uliyat va faollikni kuchaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni nazorat qilishda ko‘mak berish, profilaktik chora-tadbirlarni yanada samarali tashkil etish, vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish kabi vazifalar yuklatildi.
Shunigdek, guruh a’zolariga maxsus qishki kiyimlar tarqatildi.