🔊
18:41 Payshanba 30 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

QARSHIDA TO‘QIMACHILIK TEXNOLOGIYALARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI

27.04.2026
7

Qarshi shahrida Guz Partner loyihasi tomonidan Gesamtmasche ko‘magida, Qashqadaryo viloyati Savdo-sanoat palatasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi hamkorligida “To‘qimachilik materiallarini bo‘yash va pardozlashning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida seminar - trening tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilar matolarni bo‘yash jarayonida suv, energiya va kimyoviy resurslarni tejashning samarali usullari bilan tanishdilar. Shuningdek, resurs tejamkor texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha maxsus master-klass ham o‘tkazildi.

Jarayonda Germaniya to‘qimachilik korxonalarida qo‘llaniladigan yordamchi moddalar va materiallarni dastlabki tayyorlash bosqichlari atroflicha tahlil qilindi.

Seminar-treningda soha mutaxassislari bilan bir qatorda mahalliy ekspertlar — TOT (trenerlar uchun trening) dasturi ishtirokchisi, xalqaro sertifikat sohibi Anvar Abdumajidov hamda texnika fanlari doktori, dotsent Zulayho Islamova ishtirok etdilar.

To‘qimachilik sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish hamda mahsulot sifatini oshirish maqsadida tashkil etilgan treningda, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor - o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar asosida ishlab chiqarishdagi dolzarb muammolar yuzasidan korxonalarga amaliy tavsiyalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?