"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi
Bugun, 21-yanvar kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi oʻtkazildi.
Mazkur uchrashuvda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Baxtiyor Nasimov soʻzga chiqib, avvalo mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek, ulugʻ maqsadga erishish yoʻlida asosiy tayanchimiz boʻlgan shijoatli yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishdir. Ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish, davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekanligi taʼkidlandi.
Talaba-yoshlarni institutda amalga oshirilayotgan islohotlar, mazkur institutning oʻz anʼanalari, bu yerda kamol topgan mashhur ustozlar toʻgʻrisida, oldingi oʻquv sharoitlari bilan hozirgi oʻquv sharoitlari oʻrtasidagi keskin farqlar, hozirda institut rahbariyatining talabalarga ilm olishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, nufuzli xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorliklar toʻgʻrisida gapirib oʻtildi.
Bugungi uchrashuvda talabalar institutdagi oʻqitish tizimi, darslarning sifati, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, axborot-resurs markazi, talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ochiq va erkin fikrlar bildirish kerakligini taʼkidlab soʻzni talaba-yoshlarga berdi.
Uchrashuv davomida prorektor Baxtiyor Nasimov yoshlarga savollar bilan murojaat qildi, va har bir talaba bilan birma bir suhbat qilib ularning muammo hamda kamchiliklar borasida fikrlarini oʻrgandi.
Shundan soʻng, yuqorida talabalar tomonidan berilgan takliflar va muammolarni bartaraf etish boʻyicha institutning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi yuzasidan masʻul rahbar va xodimlarga koʻrsatma berildi va yoshlar tomonidan berilgan savollari muammolarini ijobiy hal etish va amaliy yordam berilishi belgilandi.