“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
14-aprel kuni Toshkent davlat to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2025-yil 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan muhim masalalar asosida tashkil etildi.
Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ochib berdi. U o‘z nutqida Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish lozimligini ta’kidladi. Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan dolzarb savollarga javob berildi, fikr va takliflar tinglandi.
Bunday muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni kelajakdagi rivojlanish yo‘liga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.