Registrator ofisi faoliyati o‘rganildi
2025-yil 15-iyul kuni Urganch davlat universiteti Registrator ofisi boshlig‘i Quryozov Izzatbek Rajabovich rahbarligidagi ishchi guruh Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bo‘ldi.
Tashrifdan maqsad – institutdagi Registrator ofisi faoliyati, hujjatlar bilan ishlash tizimi, AKTdan foydalanish, kredit-modul tizimidagi baholash, hamda talabalar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishish edi.
Ishchi guruh institutda:
• Elektron hujjat aylanishi
• Kredit-modul tizimi asosida baholash
• Murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish
• Texnik va dasturiy sharoitlar
• Shaffof xizmat ko‘rsatish kabi jihatlarga yuqori baho berdi.
Yakunda, ilg‘or tajribalarni boshqa OTMlarda ham joriy etish va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.