19:29 Seshanba 08 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Rektor kubogi” uchun kibersport musobaqasi tashkil etildi

08.07.2025
34

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Kibersport” onlayn sport musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqa talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

Musobaqa onlayn formatda bo‘lib o‘tib, unda fakultetning iqtidorli, faol va texnologiyaga qiziqqan talabalari ishtirok etdilar. G‘oliblar va faol ishtirokchilar instituti rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.

Ushbu musobaqa talabalar orasida intellektual raqobat, sport va axborot texnologiyalarini uyg‘unlashtirishga xizmat qilgan navbatdagi amaliy loyihalardan biri bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?