06:00 Chorshanba 10 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Konstitutsiya kuni munosabati bilan rektor tabrigi

08.12.2025
27

Hurmatli o'qituvchi-professorlar, qadrli institut jamoasi va aziz talabalar!

Sizlarni yurtimizning eng ulug‘ va qadrli sanalaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

Konstitutsiyamiz — jamiyatimiz taraqqiyoti, huquqiy asoslarimizning mustahkam poydevori, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi muhim hujjatdir. Unda inson qadri, sha’ni va erkinligi eng oliy qadriyat sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan, joriy yildagi bayram tadbirlari “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilmoqda.

So'ngi yillarda Bosh Qomusimiz asosida yurtimizda do‘stlik, hamjihatlik muhitini mustahkamlash, inklyuziv jamiyat, yoshlar, xotin-qizlar masalalari, kam ta’minlangan insonlar manfaatlarini himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash bo‘yicha ko‘plab muhim qarorlar qabul qilinayotganligi alohida e'tirofga sazovardir.
Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Hech shubhasiz, xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuri hamda yuksak xohish-irodasining ifodasi bo‘lgan Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan qoida va tamoyillar Yangi O‘zbekistonni barpo etishda barchamiz uchun beqiyos kuch-g‘ayrat, ishonch va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.”
Ushbu fikrlar biz, ta’lim sohasi vakillari uchun ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar samaradorligi va halollik tamoyillarini yanada mustahkamlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilarimizning fidoyiligi, talabalarimizning bilimga chanqoqligi institutimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Aziz ustozlar, qadrli talabalar!

Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi g‘alabalar va farovonlik tilayman.
Bayram barchangizga muborak bo'lsin

Hurmat bilan,
Davron Vaxabov - Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti rektori

Saytni yangi dizayni yoqdimi?