Robototexnika – kelajak kasbi!
10-iyul kuni “Sanoat texnologiyalari va mexanika” fakulteti to‘garak rahbarlari tomonidan yozgi ta’til davrida maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli va foydali dars mashg‘ulotlari davom etmoqda.
Bugungi mashg‘ulot “Robototexnika” yo‘nalishida tashkil etildi.
Unda o‘quvchilarga texnologiyalarning imkoniyatlari, zamonaviy robotlar qanday ishlashi va ularni dasturlash asoslari haqida ma’lumotlar berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar orqali esa ular o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
90 kunlik doirasida o‘tkazilayotgan ushbu loyihalar orqali yoshlarda ilm-fanga, texnik ijodkorlikka bo‘lgan qiziqish oshib bormoqda.
Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh!