AICP bloki rahbari Muminova Umida Toxtasinovna Parij xalqaro moda akademiyasining eng yuqori 6-darajali Modelist Diplomi bilan taqdirlandi
Yengil sanoatning turli tarmoqlari orasida moda sanoatining tutgan o‘rni va nufuzi nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlariaro, balki jahon moda maydonida ham tan olingan.
Birgina misol, institutimiz hamda Parij xalqaro modalar akademiyasi (AICP) hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma fakultet qisqa fursat ichida mamlakat moda sanoatida o‘z so‘zi, uslubi va o‘rniga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetishtirib berdi. Bunda albatta talabalarga tahsil berayotgan muallim va muallimalarning o‘rni beqiyos.
4-dekabr kuni kuni Moda va dizayn kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, AICP bloki rahbari Muminova Umida Toxtasinovna Parij xalqaro moda akademiyasining eng yuqori 6-darajali Modelist Diplomi bilan taqdirlandi. Ikki yil mobaynida onlayn va offlayn o‘qish davomida o‘zbek diplomatlarini nostrifikatsiya orqali dunyoda tan olingan professional sertifikatlash darajasi taqdim etildi.
TTYSI axborot xizmati Umida Toxtasinovna Muminovani xalqaro darajadagi ilmiy unvon bilan samimiy qutlab, uning ijodiy va kasbiy faoliyatiga yangidan-yangi zafarlarni tilaydi.