08:04 Yakshanba 13 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Talabalar o‘rtasida milliy sport o‘yinlari festivali o‘tkazildi

11.04.2025
50

10-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida “Sport va milliy oʻyinlar festivali” bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida milliy kurash, arqon tortish va qarabtep kabi an’anaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sh. Xushvaqtov, Yakkasaroy tumani IIB profilaktika inspektori mayor A. Tadjibayev, fakultet dekan o‘rinbosarlari, “To‘qimachi” sport klubi menejeri S. G‘offorov, sport murabbiylari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi. Tadbir talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi va maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan foydali bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?