Sohibqiron tavalludi munosabati bilan tadbir bo'ldi
Bugun, 9-aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan institutimizda ma'naviy -ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda falsafa fanlari doktori, professor Gularam Masharipova ishtirok etdi.
Tadbir davomida Sohibqironning hayoti va ijodi, davlat boshqaruvi sohasidagi buyuk islohotlari, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, uning boy tarixiy merosi, adolat tamoyillariga asoslangan boshqaruv tizimi, “Temur tuzuklari” asaridagi davlat va harbiy tartib-intizomga oid ma’lumotlar , buyuk sarkarda davrida fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarni rivojlanishi haqida so'z bordi.