04:39 Shanba 12 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Konstitutsiya erkin va farovon hayot garovi” nomli davra suhbati tashkil etildi

02.12.2024
258

Mamlakatimiz istiqlol yillarida nafaqat iqtisodiy va siyosiy rivojlanish, balki huquqiy taraqqiyotda millatimiz qadriyatlariga asoslangan ko‘rinishini izchil isloh qilishning yangi bosqichiga chiqdi. Bu o‘zgarishlar, masalan, 2023-yil 30-aprel sanasida o‘tkazilgan umumxalq referendumi Yangi O‘zbekistoning demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligidan jahon hamjamiyatiga yana bir bor so‘z ochdi.

Bosh qomusning hayotimizdagi ahamiyati, unda keltirilgan va ulug‘langan qadriyatlar, xususan inson manfaatlari va uning farovon hayoti xususida talabalar bilan atroflicha suhbat olib borish uchun institutimizga huquqshunoslar tashrif buyurishdi.

Suhbat chog‘ida yoshlarga konstitutsion davlatning o‘ziga xosligi, boshqa mamlakatlar qomuslaridagi va milliy konstitutsiyamiz o‘rtasidagi farqlar, yangi tahrirdagi konstitutsiyada keltirilgan yangi moddalarning ahamiyati xususida mulohazalar qilindi.

Tadbir so‘nggida institutimiz talabalari tashrif buyurgan mehmonlarga yangi tahrirdagi konstitutsiyada mavjud yangi moddalar va ularning sharhini so‘zlab berishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?