21:20 Yakshanba 01 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Nemis tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

22.05.2025
99

2025-yil 22-mayda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida Nemis tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda "Gesamtmasche" loyiha direktori Silyviya Yunqbauer, "Sequa" kompaniyasining loyiha menejeri Oana Steopan va DC dVET dan Ingrid Portenkirchner ishtirok etishdi.

Uchrashuvda xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor I. Bulanov, xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i V. Lyamkina, "Poligrafiya va kimyoviy muhandislik" kafedrasining dotsenti A. Abdumajidov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar "Gesamtmasche" loyihasi doirasidagi hamkorlik natijalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ilmiy loyihalar, startap loyihalarini yaratish, ISO standartlari sohasida hamkorlikni rivojlantirish va boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi. Bu TTYSI va Germaniya o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadamdir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?