“Spin-off” korxonasiga amaliy tashrif
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda, institutning “Tolali materiallarni dastlabki ishlash” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Spin-off” korxonasiga talabalarning amaliy tashrifi tashkil etildi.