Sport — birlik, do‘stlik va sog‘lom turmush sari yo‘l!
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Dolzarb 90 kun” va “Talabalar ligasi” loyihalari doirasida talaba-yoshlar hamda mahalla yoshlari ishtirokida katta sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar institutning Dizayn va texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, jismoniy faollikni oshirish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashni maqsad qilgan edi.
Musobaqalar quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:
• Mini-futbol
• Stol tennisi
• Arqon tortish
• Jamoaviy estafeta bahslari
Har bir bahs nafaqat sport ko‘rinishida, balki ijobiy hissiyotlar, jamoaviy ruh va maqsad sari harakatda o‘tdi.
Tadbir yakunida:
• Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi;
• Faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi;
Musobaqa qatnashchilari esa do‘stona muhitda yangi tanishlar orttirib, unutilmas taassurotlar bilan xayrlashishdi.
Bunday sport tadbirlari yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish, jamoaviylikni rivojlantirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yoshlar bir joyga jam bo‘lib, o‘z salohiyatini namoyon qilayotgan ayni damlar — kelajakdagi yutuqlarning poydevoridir!