11:48 Juma 14 Mart 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Stipendiya g'oliblari taqdirlandi

12.02.2025
796

Xabaringiz bor kuni kecha, “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” bo'lib o'tdi.

Shu munosabat bilan bugun, 12-fevral kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida tadbir bo'lib o'tdi.

Unda ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur o'zbek ayoli, “Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedrasi professori Xalimaxon Alimova ishtirok etdi.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, avvalroq, professor nomiga institutda stipendiya e'lon qilingan edi. Unda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida namunali ta’lim olayotgan iqtidorli, ilmiy va ijodiy faoliyatda yutuqlarga erishgan faol talaba qizlar qatnashdi. Bugun bo'lib o'tgan tanlovda stipendiya g’oliblari e’lon qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?