Institutimizda "Talabalar kino kunlari" bo'lib o'tdi
Bugun, 17-dekabr kuni To'qimachilik muhandisligi fakultetining faol jamoasi tomonidan talaba-yoshlarga "Talabalar kino kunlari" doirasida "Haqiqat mendan ustun" (Abdulla Qahhor) kinofilmi namoyish etildi.
Kino so'nggida talabalar o'zaro fikr almashishdi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, kinoda ilgari surilgan g'oya orqali talabalardagi Vatanga sadoqat, o'zaro mehr oqibat, yuksak mas'uliyat, bag'rikenglik, sog'lom dunyoqarash, shukronalik, vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg'ularini rivojlantirishga erishiladi.