07:15 Payshanba 05 Dekabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

AICP talabalariga parijlik yetakchi professor dars bermoqda

04.12.2024
7

Parijdagi Xalqaro moda akademiyasi (AICP) 1830-yildan beri mavjud. AICP 180 yildan ortiq vaqt davomida o‘zining geometrik konstruktorlik va "moulage" texnikasidan foydalangan holda dizaynerlarni tayyorlaydi.

Uning boy tajribasini o‘zbek talabalarigacha yetkazish mana bir necha yillardirki imzolangan shartnoma asosida amaliyotda sinab kelinmoqda.

Ayni damda qo‘shma fakultet talabalariga Parij Xalqaro modalar akademiyasining yetakchi professori – madam Marina Lesaj dars berib kelmoqda.

Madam Lesaj faqat bakalavr va magistr talabalarga moda sirlarini o‘rgatibgina qolmay, institutimizda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning malakasini ham oshirmoqda. Bu o‘z o‘rnida jahonning eng so‘nggi moda trendlari va pedagogik tendensiyalaridan boxabar bo‘lish uchun zamin yaratadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?