“Kitobxon yoz – 2025” doirasida talaba va mahalla yoshlari kitob atrofida birlashdi
To‘qimachilik muhandisligi fakulteti faol jamoasi tashabbusi bilan “Kitobxon yoz – 2025” loyihasi doirasida institut talabalari va mahalla yoshlari o‘rtasida kitob ko‘rgazmalari va tanlovlari tashkil etildi.
Tadbirda Yakkasaroy mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi G. O‘rinboyeva, “Rakat” MFY yoshlar yetakchisi X. Sobirov hamda “To‘qimachi” MFY yoshlar yetakchisi V. Jumanazarov mehmon sifatida ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma davomida kitobsevar yoshlar o‘zaro fikr almashdilar, tavsiya etilgan asarlar haqida bahs-munozaralar olib borildi va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi qiziqarli tanlovlar o‘tkazildi. Tadbir yoshlarda kitobga bo‘lgan mehrni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirish hamda intellektual salohiyatni rivojlantirishga xizmat qildi.