🔊
12:15 Dushanba 25 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALAR TURAR JOYIDA YOSHLARNING MUAMMOLARI O‘RGANILDI

04.05.2026
10

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida 4-may kuni talabalar turar joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur jarayonda institut birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlarning yashash sharoitlari, kundalik muammolari hamda ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, talabalarga yaratilgan qulayliklar, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?