“Tadqiqotchi to‘garagi” doirasida kimyo faniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar yozgi taʼtil davrida ham faol ishtirok etishmoqda. Bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida turli to‘garak va klublar faoliyat olib bormoqda.
Shu jumladan, “Tabiiy fanlar” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Tadqiqotchi to‘garagi” tomonidan “Mojizakor kimyo — intellektual yoshlar nigohida” mavzusida ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar bilan birgalikda turli tajribalar bajarildi. Bu esa ularning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ilm-fanga bo‘lgan munosabatini yanada mustahkamladi. Mazkur faoliyat talabalarning badiiy, ijodiy va ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularni maʼnaviy-maʼrifiy muhitga keng jalb etishga xizmat qilmoqda.