05:06 Yakshanba 07 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALAR JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIGA BORDILAR

05.12.2025
45

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan

Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan amaliy harakatlar milliy dasturida: “Narkojinoyat sodir etganligi uchun jazo oʻtayotgan mahkumlar hayoti bilan tanishish maqsadida oʻquvchi va talabalarning jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarini tashkil etish”, - vazifasi yuklatilgan.

5-dekabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan, Toshkent viloyati Jazoni ijro etish bo’limi 24-son Tarbiya koloniyasiga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalarining tashrifi tashkil etildi.

Talabalarga giyohvandlik bugungi kunda jamiyatning ijtimoiy, ma’naviy va iqtisodiy hayotiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan dolzarb muammolardan biri ekanligi, giyohvand moddalardan foydalanish inson salomatligini yemiribgina qolmay, balki, ruhiy barqarorlikni izdan chiqarishi yana bir bor tushintirildi.

Koloniya tarbiyalanuvchilari bilan o’tkazilgan davra suhbatida, talabalar – giyohvandlikning oqibatlari nafaqat bir shaxsning hayotini barbod qilishi, balki uning oilasi, atrof-muhiti va butun jamiyat uchun og‘ir ijtimoiy muammolarga sabab bo‘lishiga guvoh bo’ldilar.

Eslatib o’tamiz, bu borada Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan qo'shma murojaat, keyinroq, shu haqda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektorining murojaati e’lon qilingan edi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?