"Talabalar ligasi" sport o'yinlari boʻlib oʻtmoqda
Dizayn va texnologiyalar fakulteti jamoasi "Dolzarb 90 kun loyihasi" doirasida talabalar hamda mahalla yoshlari o'rtasida "Talabalar ligasi" sport o'yinlari tashkillashtirdi. Jarayonda mahalla yoshlari hamda fakultet talabalari sportning shaxmat - shashka hamda stol tennisi turlari bo'yicha o'zaro bellashdi, do'stona musobaqa o'tkazildi.
Sport, sog'lik, tarbiya va go'zallik demakdir.Sport - salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz.Shu bois, bizning ta'lim muassasamizda sport bilan shug'ullanish ommaviy tus olmoqda.
Jumladan yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun institut hamda talabalar turar joyida zarur sharoitlar yaratilgan.