Talabalar tarix bilan yuzma-yuz: Ko‘kaldosh madrasasiga sayohat
To‘qimachilik muhandisligi fakultetining faol jamoasi va iqtidorli talabalari “Vatan bo‘ylab sayohat qil” loyihasi doirasida Toshkent shahrining tarixiy markazida joylashgan Ko‘kaldosh madrasasiga tashrif buyurishdi.
Mazkur madrasa Chorsu maydonida qad rostlagan bo‘lib, uning tashkil etilishi Shayboniylar davrining ikki yirik siymosi – Buxoro xonligining nufuzli amaldori Qulbobo Ko‘kaldosh hamda Toshkent hokimi Darveshxon nomlari bilan chambarchas bog‘liq.
Tashrif davomida talabalar madrasa me’morchiligi, tarixiy ahamiyati va milliy madaniyatdagi o‘rnini o‘rganishdi. Bunday tashriflar yoshlarning tarixiy ongini mustahkamlash, ajdodlar merosiga hurmat bilan yondashishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.