15:02 Chorshanba 16 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Talabalar turar joyida Navro‘z bayrami bo‘lib o‘tdi

15.04.2025
32

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalar turar joyida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbir doirasida milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qiluvchi osh damlash, sumalak tayyorlash, milliy raqslar, ayrim sport musobaqalari va xalq o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu bayramona kechada talabalar o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi, bir-biriga iliq tilaklar bildirishdi va bahoriy kayfiyatda vaqt o‘tkazishdi.

Institut rahbariyati tomonidan yoshlarning bunday faol ishtiroki yuqori baholanib, ular doimiy qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Bunday tadbirlar yoshlarda birlik, hamjihatlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?