“Talabalar xavfsizligi” kuni doirasida muhim profilaktik tadbir o‘tkazildi
17-aprel kuni Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida navbatdagi profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumani IIOFMB 4-son IIB XPBdan institutga biriktirilgan profilaktika inspektori, mayor A. Tadjibayev, “Qalqon” jamoatchilik guruhi vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning 2024-yil 25-martdagi 06/12-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, har payshanba – “Talabalar xavfsizligi” kuni, shuningdek, 15-apreldan 15-maygacha davom etadigan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida tashkil etildi.
Tadbir davomida quyidagi dolzarb mavzular yoritildi:
“Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish”
“Biz yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz”
“Suitsid – o‘z joniga qasd qilish holatlari va ularning oldini olish”
“Ommaviy madaniyatga qarshilik”
“Kiberjinoyatchilik: turlari, kuzatilayotgan holatlar va ularning oldini olish choralar”
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, atroflicha va asosli javoblar olishdi.
Bunday tadbirlar yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish, xavfsizlik va sog‘lom turmush tarziga intilishni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.