“Talabalar xavfsizligi” kuni doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi
22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-martdagi 06/12-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, har payshanba o‘tkaziladigan “Talabalar xavfsizligi” kuni doirasida navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Yakkasaroy tumani IIOFMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i podpolkovnik N.A. Yusupov, TKX TKKB boshlig‘i SH.B. Masaliyev, 4-son IIB boshlig‘i kapitan SH.Q. Asilxujayev, profilaktika inspektori mayor A. Tadjibayev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Ijtimoiy maʼnaviy muhitni qarorlashtirish, diniy ekstremizm va radikalizmning oldini olish”, “Kiberjinoyatchilik va uning turlari”, “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish”, “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish” kabi mavzular yoritildi.
Talabalar ushbu mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.