🔊
18:47 Payshanba 30 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALARIMIZ “JAS ÖRKEN” XIII XALQARO TANLOVIDA MUNOSIB ISHTIROK ETDI

29.04.2026
6

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 23–24-aprel kunlari “JAS Örken” XIII xalqaro yosh dizaynerlar va modelyerlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tanlovda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Moda va dizayn” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari faol ishtirok etdilar.

Xususan, kafedra o‘qituvchisi Zulfiya Zufarova, bakalavr bosqichi talabalari Safina Narimova, Ziyoviddinova Dilshoda, Shirin Olimjonova, Mohinur Abdufattoxova hamda magistratura bosqichi talabalari Sabina Jamilova va Sitora Sodiqova tanlovda ishtirok etdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Shirin Olimjonova va Mohinur Abdufattoxova munosib g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Ular 200 000 tenge miqdoridagi pul mukofoti, "ZARDOZI" kompaniyasi bilan hamkorlik imkoniyati hamda Eurasian Fashion Week yillik ko‘rgazmasiga taklifnoma bilan taqdirlandilar.

Mazkur yutuq yosh dizaynerlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, xalqaro tajriba orttirish hamda milliy moda maktabining nufuzini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?