18:13 Seshanba 12 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Talabalarni turar joy bilan ta'minlash masalalari bo‘yicha Zoom yig‘ilishi

07.08.2025
12

2025-yil 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O.Mahkamov raisligida “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari” mavzusida Zoom platformasi orqali onlayn yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektorati, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar, tyutorlar, yotoqxona rahbarlari va boshqa tegishli bo‘linma vakillari faol ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda yangi 2025/2026-o‘quv yilida talabalarning yotoqxonaga joylashtirish jarayonlarini adolatli, shaffof va tizimli tashkil etish, ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan, yetim va chin yetim talabalarni alohida tartibda yotoqxonaga joylashtirishga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, hozirda mavjud yotoqxonalar infratuzilmasini yaxshilash, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va turar joylarda talabalar uchun sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish davomida institut rahbariyatiga:

• turar joyga joylashtirish jarayonini raqamlashtirish,

• tanlov asosida joylashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish,

• har bir talabaga adolatli yondashuvni ta’minlash,

• ijara uylarida yashovchi talabalarni aniqlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida aniq vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarda mas’uliyatni kuchaytirish, har bir talabaning murojaatini individual tarzda ko‘rib chiqish va axborot berish ishlarini jadallashtirish zarurligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?