15:17 Seshanba 16 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“TERMIZIYLAR AVLODIMIZ” SHIORI OSTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR O‘TKAZILDI

16.12.2025
13

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining barcha fakultetlarida “Termiziylar avlodimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

15-dekabr kuni buyuk alloma, islom olamining yetuk mutafakkiri Imom Termiziyning boy ilmiy-ma’naviy merosi, uning islom ilm-fani taraqqiyotida tutgan o‘rni, ayniqsa, hadis ilmidagi beqiyos xizmatlari haqida talabalarga ma’lumot berildi. Shuningdek, allomaning asarlari orqali insonparvarlik, poklik, adolat va yuksak axloqiy qadriyatlar targ‘ib etilgani alohida ta’kidlandi.

Yoshlarni milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, ma’naviy immunitet hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?