17:14 Dushanba 14 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Test sinovlari boshlandi!

14.07.2025
46

Bugun erta tongdan boshlab butun respublika bo‘ylab oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 2025-yilgi test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan maxsus yopiq pavilyonlarda tashkil etilmoqda. Ular har kuni 2 smenada o‘tkaziladi:

  1-smena: 08:00
  2-smena: 15:00

Abituriyentlarga eslatma:
Test sinovlari boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin belgilangan hududga yetib kelishingiz lozim.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta), testga kirish ruxsatnomasi, bo‘lishi tavsiya etiladi.
Uskunalar (telefon, smart-soatlar, quloqchinlar va boshqa qurilmalar) bilan kirish taqiqlanadi.

Abituriyentlar testda tanlagan fan majmuasi asosida 3 soat davomida javob belgilaydilar. Har bir savol uchun belgilanadigan vaqt va ballar avvaldan e’lon qilingan tartib asosida baholanadi.

Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz! Bilimingiz va mehnatingiz o‘z samarasini bersin!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?