“Talabalar teatr studiyalari” respublika tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi!
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 4 ta fakultet jamoalari o‘z ijodiy chiqishlari bilan sahnada o‘zaro bellashdilar.
Tanlov jarayoni Hakamlar hay’ati raisi — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Aktyorlik mahorati” kafedrasi o‘qituvchisi Qodirov Abdumalik Raxmonaliyevich boshchiligida o‘tkazildi va nizom talablari asosida baholab borildi.
Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin — Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetining “Mega yulduzlar” teatr studiyasi — 5 000 000 so‘mlik vaucher;
2-o‘rin — To‘qimachilik muhandisligi fakultetining “Ekskluziv” teatr studiyasi — 4 000 000 so‘mlik vaucher;
3-o‘rin — Iqtisodiyot fakultetining “Yosh Iqtisodchi” teatr studiyasi — 3 000 000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tanlovda ijro mahorati, sahna nutqi, sahna madaniyati va ijodiy yondashuv kabi boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham alohida e’tirofga sazovor bo‘lgan talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.