Boʻyoqlarga belangan barmoqlar, dogʻ tekkan oʻchirgʻich va yurak toʻla hayajon bilan ijodiy (kasbiy) imtihonning ikkinchi kuni oʻz nihoyasiga yetdi.
300 nafardan ortiq boʻlgʻusi talabalar besh soat davomida shu paytgacha oʻzlari egallagan bilim va koʻnikmalarini qogʻozda aks ettirishga harakat qilishdi.
Imtihon chogʻida har bir jarayon kuzatuvchilarning sinchkov nigohi doirasida oʻtdi va hech qanday gʻirromlikka yoʻl qoʻyilmadi.