19:30 Juma 02 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Tikuvchilik mahsulotlarini optimallashtirish bo‘yicha xalqaro trening bo‘lib o‘tdi

01.05.2025
23

1-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Germaniyaning “Gesamtmasche” to‘qimachilik assotsiatsiyasi tomonidan “GUZ Partners” loyihasi doirasida “Tikuvchilik mahsulotlarini optimallashtirish” mavzusida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Treningni xalqaro darajadagi ekspert, Turkiyadagi Hugo Boss fabrikasiga asos solgan va 25 yillik tajribaga ega mutaxassis Jozef Klyayn olib bordi.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, ishlab chiqarish korxonalarining mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etib, zamonaviy tikuvchilik texnologiyalari, ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish va sifatni oshirishga doir qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi.

Trening davomida ishtirokchilar mutaxassis bilan ochiq muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning nazariy bilimlarini real sektor ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirishda muhim qadam bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?