02:26 Shanba 25 Oktyabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI delegatsiyasining Italiyadagi tashrifi davom etmoqda: ikkinchi kun – Pratika Group bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

24.10.2025
19

Safarning ikkinchi kunida Pratika Group kompaniyasi bilan hamkorlik loyihasi doirasida samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash, talabalar uchun amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quv-laboratoriya bazasini zamonaviy texnika bilan boyitish va kadrlar malakasini oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Kun yakunida TTYSI va Pratika Group kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va ilmiy-amaliy tadqiqotlar yo‘nalishlarida sanoat bilan integratsiyani mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur memorandum TTYSIda charm-poyabzal sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?